16/08/2024

Mamlakatimizmda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda uy xojaliklari tanlanma kuzatuvlarining orni kattadir. Shu bois joriy yilning 16-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumaniga qarashli “ Matqulobod ” MFYda istiqomat qiluvchi M.Arslonovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.