Joriy yilning 20-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov, “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘I O‘. Sobirov hamda Uchko‘prik tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘I E.Shokirovlar tomonidan Uchko‘prik tumani bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.