20/08/2024

Joriy yilning 20-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov, “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘I O‘. Sobirov hamda Dang‘ara tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi O.To‘layevlar tomonidan Dang‘ara tumani bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.