21/08/2024

Joriy yilning 16-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-son Farmonining mazmun – mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida 2024-yil 1-oktyabrdan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashning soddalashtirilgan va kengaytirilgan tartibi joriy qilinishi,   soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin tartibga solish vositalari baholanishi va baholash natijalari yuzasidan Adliya vazirligining dastlabki xulosasi olinishi, jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash, ularni o‘zgartirish yoxud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni ta’minlash bilan bog‘liq ta’sir choralarini qo‘llashi, tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning ta’sir doirasini kengaytirish yoki qisqartirishi, kengaytirilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanishi haqida ma’ruza qildi. 

Farmonga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, shu jumladan, baholashda, ma’lumot yig‘ish jarayonlariga ilmiy tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb qilinadi. 2024- yil 1- oktyabrdan e’tiboran davlat organlari tomonidan qonun loyihalari bo‘yicha ushbu sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari majburiy ravishda olinishi, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari va muhokama natijalari bo‘yicha materiallar loyihani Adliya vazirligi hamda hujjatni qabul qiluvchi organlarga kiritishda majburiy tartibda ilova qilinishi, davlat organlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholashdan o‘tkazish faoliyati samaradorligini tahlil qilish, baholash, xodimlarni rag‘batlantirish va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash reytingi joriy etilishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida maruza qildi. Ma’ruzada so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator xalqaro standartlarni o‘z faoliyatiga joriy etish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga bir qator vazifalar belgilab berilganligi, ushbu sohada belgilangan vazifalarning sifatli bajarilishini monitoring va nazorat qilish, zarur hollarda davlat tashkilotlariga uslubiy ko‘mak berib borish maqsadida 2022-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganligi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, mazkur qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yagona mezon asosida baholash tizimi joriy etilib, bunda baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshirilishi belgilanganligi shu va boshqa ma’lumotlar to‘xtalib o‘tildi.