Joriy yilning 22-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limining yetakchi mutaxassisi L.Omonov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Umrzakova tomonidan shaharda bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.