Joriy yilning 26-avgust kuni Quva tumani hamda Quvasoy shahrida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov, tuman maktabgacha va umumta’lim muassasalari bo‘limi vakillari qatnashdilar. Seminarda E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda o‘quvchilarning yoshi bo‘yicha tarkibi, sinflar bo‘yicha tarkibi, alohida fanlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘quvchilarning olimpiadalarda ishtiroki, umumta’lim muassasasi pedagoglari va boshqa statistik hisoboti bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha slayd yordamida tushuntirib berildi.
Axborot xizmati.