Joriy yilning 27-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlar ishtirokida «Farg‘ona viloyatining 2024-yil yanvar-iyun oylari holatiga demografik ko‘rsatkichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda “Demografiya, mehnat va gender statistikasi” bo‘limi boshlig‘i H.Mutalipovlar ishtirok etdi.
Anjumanda joriy yilning 6 oyida Farg‘ona viloyatida 4 mln 098,7 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 37,2 ming kishiga o‘sganligi, shularning 2 mln 330,7 mingini shahar aholisi, 1 mln 768,0 mingini esa qishloq aholisi tashkil etganligi, viloyatimiz aholisining 56,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat bo‘lsa, salkam uchdan bir qismi ushbu yoshdan kichik, 12,2 foizi esa mehnatga layoqat yoshidan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelayotganligi, viloyatda har bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan aholi soni o‘rtacha 606,4 kishi bo‘lib, ahol eng zich joylashgan hudud Marg‘ilon shahri (4 913,5) bo‘lsa, Yozyovonda esa aholi zichligi bir kvadrat kilometrga 296,8 kishiga to‘g‘ri kelayotganligi haqida atroflicha tushuncha berildi.
Bundan tashqari, 2024- yil yanvar-iyun oylarida 47,0 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koyeffitsiyenti 23,2 promilleni tashkil etganligi, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida 8,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga o‘lim koyeffitsiyenti 4,2 promilleni tashkil etgan hamda 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘zgarish bo‘lmaganligi kuzatilganligi, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 62,2 %i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,2 %i – o‘simtalardan, 5,4 %i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 6,2 %i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,0 %i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 0,8 %i – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 12,2 %i boshqa kasalliklardan vafot etganligi, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 5 181 kishini tashkil etgan bo‘lsa, doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 6 497 kishini tashkil etib, migratsiya saldosi minus 1 316 kishini tashkil etganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati.