29/08/2024

2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga So‘x tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 70 korxona va tashkilotlar tomonidan 111,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 2,9 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 79,2 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 28,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 65,5 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 317,2 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 65,0 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 45,8 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.