Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida joylarda uy xo‘jaliklari kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Mana shunday tadbir Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quvasoy shahriga qarashli “Cho‘lpon” MFY, Ko‘k ko‘l ko‘chasi 25- xonadonda so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egasiga so‘rovnomada ko‘rsatilgan savollar berilib, olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.