09/09/2024

2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga Buvayda tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 716,7 mlrd. so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Moliya xizmatlari – 278,2 mlrd.
Savdo xizmatlari – 227,6 mlrd.
Transport xizmatlari – 76,0 mlrd.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 52,2 mlrd.
Ta’lim xizmatlari – 10,9 mlrd.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari - 7,8 mlrd.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 11,8 mlrd.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 2,0 mlrd.
Ijara xizmatlari – 5,0 mlrd.
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 11,1 mlrd.

Bundan tashqari:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 403,8 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari- 2 884,0 ming so‘m miqdorida qayd etildi.