09/09/2024

Hisobot davrida Farg‘ona viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 11 440,4 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 51,6 %ni tashkil etdi. Yillar kesimida taqqoslaganda kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi o‘sib borayotganligini kuzatish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich viloyatda kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlariga aholining talabi o‘sib borayotganligini hamda eksport hajmi ko‘payotganligini bildiradi.

x