Joriy yilning 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktyabrdagi “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi O‘RQ-987-son Qonunining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Mazkur qonunga ko‘ra, yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qa’ridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishi, yer qa’ri va yer qa’rida tabiiy yo‘l bilan joylashgan barcha foydali qazilmalar O‘zbekistonning davlat mulki bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinishi, ushbu mulk huquqi har qanday shaxsning yerga va suvga bo‘lgan biror-bir huquqiga yoki mulkchiligiga qaramay qo‘llanilishi, davlat yer qa’rini Qonunda nazarda tutilgan asoslar, shartlar va chegaralarda foydalanishga berishi, yer qa’ri uchastkalari oldi-sotdi, hadya, meros qilib qoldirish, omonat, garov predmeti bo‘lishi yoki har qanday boshqacha shaklda o‘zga shaxsga o‘tkazilishi mumkin emasligi, yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar Vazirlar Mahkamasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, Yer qa’ridan foydalanish markazi davlat muassasasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan iborat ekanligi haqida ma’ruza qildi.
Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - Oְ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-5132-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘xtalib, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini har tomonlama puxta hamda yuksak professional darajada tayyorlash, boshqaruv tizimini, zamonaviy O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini maqsadli hamda ustuvor vazifalarga muvofiq takomillashtirish, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish, ularning bajarilish holatini maqsadli o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi nazorat bandlarida aniq mexanizmlar, muddatlar va mas’ullar belgilanishi bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni (harakat rejalarini) o‘z vaqtida ishlab chiqish, davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalarining ijro intizomini mustahkamlashdagi rolini oshirish, tashkiliy, ijro va nazorat faoliyati yagona tizimining natijadorligi uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini belgilash ustuvor vazifa etib belgilanganligi haqida ham atroflicha tushuncha berildi.