03/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Mazkur farmonga muvofiq, vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan shaxsga hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ular 2026-yil 15-fevralga qadar Milliy statistika qo‘mitasiga elektron shaklda taqdim etiladi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni, Farg'ona bojxona boshqarmasi xodimi, mayyor Z. Yuldashev Furqat tumanida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, hududiy komissiya va mas’ul xodimlarning jarayonlarga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.