13/11/2024

     Joriy yilning 11-oktabr kuni barcha joylardagi kabi Quva tumaniga qarashli 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘qituvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminrda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Fazilova qatnashib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarni qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish haqida kehg ma’lumot berdi.