27/11/2024

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 276,6 mlrd so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 0,7 % ni) tashkil etdi.O‘tgan yilning mos davriga nisbatan oqava suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 32,6 mlrd so‘m yoki 2 martaga ko‘payganligi kuzatildi. Shuningdek, axlat o‘ralarini tindirgichlarini va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 25,8 mlrd so‘m va 48,9 % ga ko‘paygan.