05/12/2024

2024-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Toshloq tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 807,1 mlrd so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,1 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 8,0 mlrd
Savdo xizmatlari – 348,3 mlrd
Moliya xizmatlari – 73,7 mlrd
Transport xizmatlari – 178,1 mlrd
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 65,7 mlrd
Ta’lim xizmatlari – 9,8 mlrd
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari – 8,8 mlrd
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 47,6 mlrd
Ijara xizmatlari – 10,8 mlrd
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 21,7 mlrd so‘mga to‘g‘i keldi.