05/12/2024

Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish va investitsiyalarni jalb qilish uchun islohotlar amalga oshirilayotgani kuzatilmoqda. Keyingi besh yilda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 110,4 foizga oshdi. Yetakchi o‘rinni 141 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Xitoy Xаlq Respublikаsi egallagan. Bu viloyatda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 28,4 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, viloyat iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Rossiya (ulushi 21,9 foiz), Turkiya (ulushi 12,5 foiz), Janubiy Koreya (ulushi 5,8 foiz) va Qirgʻiziston (ulushi 5,6 foiz) davlatlari ham yetakchilar hisoblanishadi.