05/12/2024

Mamlakatimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun eng qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, investitsiyalardan erkin foydalanishni ta’minlash shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada har yili xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar ko‘payib bormoqda. Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalarning jami soniga nisbatan eng katta ulushi Farg‘ona shahri 30,8 foiz, Qo‘qon shahri – 12,7 foiz, Quvasoy shahri – 7,4 foiz, Marg‘ilon shahri – 7,0 foiz va Uchko‘prik tumani – 6,6 foiz to‘g‘ri keladi.