8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
06/12/2024
Joriy yilning 6-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda boshqarmaning bosh yuriskonsulti A. Nurmatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilinganligi, shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilinganligi, bosh Qomusimizga 1992 yildan, to 2023-yil 1 mayga qadar 15 marotaba o‘zgartirishlar kiritilganligi, O‘zbekistonning 65 foizga yangilangan va ancha “to‘lishgan” bosh qomusi 1 maydan e’tiboran kuchga kirganligi haqida so‘z yuritdi. Shu bilam birga bosh Qomusimiz 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iboratligi, unda davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab berishi, dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda har bir shaxs, fuqaro o‘z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyasiz tasavvur qila olmasligi, unda inson haq-huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat, deb belgilab qo‘yilganligi va inson manfaatlari uchun xizmat qilishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.