Viloyat statistika boshqarmasida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi
06/12/2024
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Mazkur tadbirda Farg‘ona politexnika instituti talabalari ishtirok etib, ular boshqarmada faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq bo‘limlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Chunonchi, statistika tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qo‘llanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, ko‘rsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarining sinovdan o‘tgan zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etilayotganligi to‘g‘risida tushuncha berildi. Shundan so‘ng tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov so‘z chiqib, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratilganligi, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirishi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelalishi, korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no-mohiyatini o‘zgartirishi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi, korrupsiyaga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’ul ekanligi haqida ma’ruza qildi.