11/12/2024

Joriy yilning 10-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, u xususan, 1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik ekanligi, O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverinitetining ramzi ekanligi hamda davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutavakil Burhonovlar tomonidan yaratganligi, madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalanganligi, unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilganligi, yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilishi haqida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - “Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’ruza tinglandi. Ma’ruzada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligi, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir inson o‘zida mas’uliyatni his etishi zarurligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, Statistika agentligi rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa etib belgilanganligi, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha agentlik hamda uning tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilganligi, ular korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish uchun mas’ul ekanliklari, agentlik tizimida ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshirilayotganligi, shuningdek, o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet orqali real vaqt rejimida kuzatish ta’minlanganligi, Ichki nazorat xizmati rahbari har yil yakuni bo‘yicha barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e’lon qilishi, "Halollik vaksinasi" tamoyili asosida tizim xodimlarini muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha o‘quv-seminarlari o‘tkazilayotganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.


Axborot xizmati.