13/12/2024

Mamlakat iqtisodiyoti “sog‘lomligi”ni baholashning muhim omili -kichik biznes subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘lib, bu uning moslashuvchanligi va doimiy o‘zgaruvchan iqtisodiy vaziyatlarga moslasha olish ko‘rsatkichidir. Shunda, viloyatda yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 5 669 ta miqdorida qayd etildi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 2023- yilning mos davriga nisbatan 137 tadan 171 taga ko‘paydi.