2024-yil 1-dekabr holatiga Farg‘ona viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 31,8 mingtani tashkil etdi. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlari:
Farg‘ona shahrida - 16,8 foiz
Qo‘qon shahrida -10,2 foiz
Marg‘ilon shahrida - 7,9 foiz
Oltiariq tumanida - 6,1 foiz
Uchko‘prik tumanida - 5,0 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ushbu hududlarda jami kichik biznes subyektlari sonining 50 foizdan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda.