Kuz – qish mavsumi eshik qoqib kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlarni xavfsizligini ta’minlash yanada dolzarb masalaga aylanadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining 2024-yil 20-noyabrdagi 01-05/256-son xatining ijrosi yuzasidan joriy yilning 13-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilaylik” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov so‘zga chiqib, favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotganligi, kuz-qish isitish mavsumi oldidan yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish. iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish, idoraviy mansub obyektlar va uy-joy fondining texnik holati, yong‘in xavfsizligi masalalarini ko‘rib chiqish, gaz, energetika, suv xo‘jaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratish, obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash kerakligi haqida ma’ruza qildi.