Joriy yilning 16-dekabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi tomonidan "4 invest (asosiy)" hisobotini taqdim etish tartibi yuzasidan yirik va kichik tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda shahar, tuman statisika bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i L. Yefimova ishtirok etib, hisobot topshiruvchi respondentlarga hisobotda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni to‘g‘ri, sifatli va shaffofligini ta’minlagan holda ma’lumotlarni kiritish, kutilayotgan chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlarni xato va kamchiliklarsiz taqdim etilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.