16/12/2024

Sanoat – iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 17,4 foiz ulushini tashkil etdi. 2024-yilning 1-dekabr holatiga sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 6 611 taga yetdi. Shundan – 94,6 foizini ishlab chiqarish sanoati, 2,6 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 1,8 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash va 1,0 foizini suvbilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tashkil etgan.