18/12/2024

2024-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Rishton tumanining chakana savdo aylanmasi hajmi 578,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,4 % ni tashkil etdi.

Shundan:
Uyushmagan savdo aylanmasi – 121,2 mlrd so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 20,0 mlrd so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 6,9 mlrd so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 68,6 mlrd so‘m

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 2 649,1 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.