2024-yilning 1-dekabr holatiga savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 026 taga yetdi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,6 foizi yoki 12 979 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.
Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 57,6 foiz ulushni tashkil etdi;
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 31,1 foiz ulushni tashkil etdi;
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 9,3 foiz ulushni tashkil etdi.