20/12/2024

2024-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Furqat tumanining chakana savdo aylanmasi hajmi 241,6 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil etdi.

Shundan:
Uyushmagan savdo aylanmasi – 1,8 mlrd so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 14,1 mlrd so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmas – 22,7 mlrd so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 99,7 mlrd so‘m

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 1 886,4 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.