09/01/2025

2024-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Qo‘shtepa tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 659,3 mlrd so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari – 11,3 mlrd
Savdo xizmatlari – 219,2 mlrd
Moliya xizmatlari – 53,0 mlrd
Transport xizmatlari – 198,5 mlrd
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 65,2 mlrd
Ta’lim xizmatlari – 6,5 mlrd
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlari – 5,6 mlrd
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 20,8 mlrd
Ijara xizmatlari – 11,6 mlrd
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari – 17,7 mlrd so‘mga to‘g‘i keldi.