Joriy yilning 24-yanvar kuni Marg‘ilon shahridagi “A.Navoiy” MFY faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ–707-son qonunining mazmun – mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan ma’ruza qildi. Jumladam, u statistikani yuritish sohasidagi xalqaro tajribadan kelib chiqib, “Rasmiy statistika” tushunchasi kiritilganligi, amaldagi “davlat statistikasi” tushunchasi o‘rniga “rasmiy statistika” tushunchasining qo‘llanilishi orqali rasmiy statistikaning qamrov doirasi, uning sifatiga talablar hamda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborotlarning huquqiy maqomi belgilanganligi, davlat statistikasi faqat statistika organlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni nazarda tutgan bo‘lsa, rasmiy statistika — mamlakatdagi barcha tayyorlovchilar tomonidan ushbu qonunga muvofiq shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ma’lumotlarni bildirishi, ushbu qonun bilan belgilangan qoidalariga mos kelmaydigan statistika rasmiy statistika sifatida qabul qilinmasligi, bundan tashqari qonunga muvofiq rasmiy statistika - qonun doirasida tayyorlanadigan, tarqatiladigan va muvofiqlashtiriladigan statistik ma’lumotlarni bildirsa, milliy statistika tizimi — ushbu ma’lumotlarni tayyorlovchi hamda tarqatuvchi vazirlik va idoralar jamlanmasini anglatishi, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va e’lon qilish jarayonlarida rasmiy statistika subektlari — rasmiy statistikani tayyorlovchilar, respondentlar, ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchi idoralar hamda statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni qamrab olishi haqida shu va boshqa ma’lumotlar haqida tushuncha berildi. Shu bilan birga xafta davomida qabul qilingan qonunchilik xujjatlari bilan yaqindan tanishtirildi.