Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 44,8 ming tonna shaftoli eksport qilindi. Eksportning umumiy qiymati 21,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,9 ming tonnaga ko‘payib, viloyatda shaftoli eksporti barqaror o‘sayotganini ko‘rsatmoqda.




