31/07/2026

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Rishton tumanida asosiy kapitalga 409,5 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

 Moliyalashtirish manbalari tarkibida eng katta ulushni xorijiy investitsiyalar va kreditlar egallab, jami investitsiyalarning 79,2 % ini tashkil etdi.

Qolgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

 Aholi mablag‘lari — 16,6 %

 Korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari — 3,7 %

 Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari — 0,3 %

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 0,2 %