14/02/2025

Aholini ro‘yxatga olishga doir qonunchilik xujjatlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida statistika organlari tomonidan joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqda. Shu bilan birga mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish borasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faollari bilan hamkorliklda ishlarni tashkil etmoqda. Jumladan joriy yilning 13-fevral kuni Toshloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i R.Umarov tomonidan tumanga qarashli “Xotinqumi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan raqamlanmagan xonadonlarga kirib, xonadon egalariga uylarni raqamlashtirish bo‘yicha hamda nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati yuzasidan ko‘cha boshilarga tushuntirish ishlarini olib bordilar.