Azal-azaldan o‘zbek xotin-qizlarining kiyim javonini xon atlas, adraslarsiz tasavvur qilish qiyin. Uning betakror ko‘rinishi, ranglari va naqshlari ko‘rgan ko‘zni quvnatib, har qanday faslda ham bahoriy kayfiyatni baxsh etadi. O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg’otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ’ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Farg‘ona statistika boshqarmasi ayol xodimlari "Milliy liboslar kuni" da milliy liboslarda ishga tashrif buyurdilar.