28/02/2025

2025- yilning yanvar oyda Fargona viloyati boyicha kichik biznes subyektlar soni 28,5 mingtani tashkil etdi. Hududiy kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlari Farg‘ona shahrida (17,6 foiz), Qo‘qon shahrida (10,5 foiz), Marg‘ilon shahrida (8,0 foiz), Oltiariq tumanida (5,9 foiz) va Uchko‘prik tumanida (5,2 foiz) faoliyat ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.