12/03/2025

Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2025-yil 1-fevral holatiga ko‘ra 3,7 mingtani tashkil etdi.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi:
Savdo–37,5 foiz
Sanoat–31,3 foiz
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar –16,3 foiz
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida –3,4 foiz

Hududiy kesimda esa eng ko‘pi:
Rishton tumanida–11,4 foiz
Farg‘ona shahrida –10,7 foiz
Oltiariq tumanida –8,8 foiz faoliyat ko‘rsatmoqda.