12/03/2025

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2025-yil yanvar oyida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 219,1 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 8,2 %ini) tashkil etadi. 2025-yilning yanvar oyida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,2 mlrd so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.