12/03/2025

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 23,8 mlrd so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 0,9 %ini) tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan oqava suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 18,7 mlrd so‘m yoki 0,3 martaga ko‘payganligi kuzatildi. Shuningdek, axlat o‘ralarini tindirgichlarini va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 5,1 mlrd so‘m va 0,4 martaga kamaygan.