Joriy yilning 20-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-mart kunidagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarorining mazmun-mohiyatini tanishtirish yuzasidan ma’ruza tinglandi. Jumladan, qarorga ko‘ra, 2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari 2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish, 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish etib belgilanganligi, “HAMROH” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yilishi, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratilishi, ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, qarorga muvofiq, “Tadbirkor ayollar” platformasi 2025- yil 1- iyulgacha ishga tushirilishi, ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga ko‘maklashish, o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish, zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish, loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish imkoniyatlarga ega bo‘lishlari haqida shu va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, kun tartibiga qo‘yilgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoni davom etadi” mavzusidagi ma’ruza tinglandi. Xususan, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish, ishbilarmonlik muhitini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, sud-huquq tizimini isloh qilish, inson huquqlarini himoya qilish, ma’muriy hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan yirik islohotlar amalga oshirilayotganligi, bu islohotlarning markazida mustahkam qonunlar va strategik rejalar bilan takomillashtirilgan korrupsiyaga qarshi keng qamrovli dastur turganligi, islohotlar turli sohalarga qaratilgan bo‘lib, davlat boshqaruvini takomillashtirish, sifatli davlat xizmatlari va axborotdan foydalanishni ta’minlash, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, so‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z xalqining davlat va xususiy sektor rahbarlarining shaffof va axloqiy ish olib borayotganiga ishonchini his qilishiga yordam berish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirilayotganligi haqida so‘z yuritildi.