Joriy yilning 24-oktabr kuni Farg‘ona shahar hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari ayollar faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nurmatov so‘zga chiqib, xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 23-oktabr kungi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-1091-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktabr kuni “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-313-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qarorlarining mazmuni va mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. U xususan, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim bolalar uchun qo‘shimcha ta’limni, katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’limni rni o‘z ichiga olishi, bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshirilishi, bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkinligi, katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim ularning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish uchun tashkil etilishi haqida so‘z yuritdi.

Shu bilan birga, respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib, o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tizimlarini joriy etish va foydalanishning normativ-huquqiy asoslarini yaratish, olis hududlar va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish belgilanligi, yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari etib belgilanganligi no‘g‘risida so‘z yuritdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilinganligi, unga ko‘ra, O’zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligi, ishchi guruh bir oy muddatda Milliy statistika qo‘mitasining "Aholini ro‘yxatga olish axborot tizimi"ni, shu jumladan qishloq xo‘jaligini hisobga olish so‘rovnomalarini sinovdan o‘tkazishi va uzluksiz ishlashini ta’minlashi, 2025-yil 15-oktyabrga qadar "mahalla yettiligi" xodimlarining planshet qurilmalari sinovdan o‘tkazilib, ularga axborot tizimi o‘rnatilishi, 2025-yil 1-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish jarayonini texnik qo‘llab-quvvatlash uchun "Koll-markaz" tashkil etish ishlari yakunlash, aholini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkazilishi va ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti 2026-yil 15-yanvar soat 00:00 etib belgilanganligi, ro‘yxatdan o‘tish muddati 45 kun etib belgilanganligi, respondentlarning shaxsiy va qishloq xo‘jaligi ma’lumotlarini to‘plashda ro‘yxatga olingan sanadan keyingi o‘zgarishlar hisobga olinmasligi haqida shu va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalib o‘tdi.



