07/04/2025

Farg‘ona viloyatida 2020/2021 – 2024/2025 o‘quv yillarida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar sonining o‘sishi kuzatilgan. Ushbu davrda o‘quvchilarning umumiy soni 41,4 ming kishiga, ya’ni 6,1 % ga ko‘paygan. Farg‘ona viloyatining barcha hududlarida o‘g‘il bolalar soni qiz bolalar sonidan o‘rtacha 1,8 % ga ortgan. O‘quvchilarning eng ko‘p qismi Farg‘ona shahar (66,6 ming), Qo‘qon shahar (56,1 ming) va Buvayda (46,4 ming) tumanida qayd etilgan, eng kami esa Quvasoy shahri (16,7 ming) va So‘x (18,1 ming) tumaniga to‘g‘ri kelgan. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi eng sezilarli tafovut Farg‘ona shahrida bo‘lgan (o‘g‘il bolalar – 45,7 %, qiz bolalar – 54,3 %), boshqa hududlarda o‘g‘il va qiz bolalar nisbati taxminan bir xil.