07/04/2025

2024-yilda Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining IX- sinf bitiruvchilari soni 48,8 ming kishini tashkil etgan va 2020-yilga nisbatan ularning soni 3,4 ming kishiga, ya’ni 6,5 % ga kamaygan. Huddi shunday, XI- sinf bitiruvchilari soni ham 2024- yilda 2020-yilga nisbatan 4,0 ming kishiga, ya’ni 8,4 % ga kamaygan. IX- sinf bitiruvchilarining eng ko‘p qismi Farg‘ona sh (5,2 ming) va Buvayda t (3,9 ming) qayd etilgan bo‘lsa, eng kami esa Yozyovon t (1,2 ming) va Quvasoy sh (1,2 ming) to‘g‘ri kelgan. XI- sinf bitiruvchilari orasida ham Buvayda t (3,3 ming) va Marg‘ilon sh (3,3 ming) yetakchilik qilmoqda, Yozyovon (1, 1ming) va So‘x (1,2 ming) tumanlarida esa bu ko‘rsatkich eng past darajada bo‘lgan.