21/04/2025

     Joriy yilning 18-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuristkonsulti A.Nurmatovga berdi  va  kun tartibiga qo‘yilgan  O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 14-aprel kungi “Qishloq ho‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1056-son  hamda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-aprel kungi “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1058-son Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-aprel kungi “Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-142-son qarorining mazmun va mohiyatini yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Xususan, u o‘z so‘zida, qonun qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi, qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi, yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi kabi bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarining tuzilishi, uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari hamda qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organi ekanligi haqida ma’lumotlarga to‘xtaldi. Shundan so‘ng, kun tartibiga qo‘yilgan tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytirilganligi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, rezidentlar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalariga mijozning (kreditorning) kontragenti norezident bo‘lgan taqdirda, kredit tashkilotlari tomonidan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash operatsiyalari amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yilishi belgilanganligi shu va boshqa ma’lumotlarga ham to‘xtalimdi. Bundan tashqari, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarga va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etilganligi, tijorat banklariga qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali to‘xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi berilganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.