28/04/2025

Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-mart oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 5 698,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 4,9 % ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 5 405,9 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,0 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 94,9% ni tashkil qildi.