Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylari holatiga tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 281,9 mln AQSH dollari miqdorida qayd etilgan. Bu esa 2024- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 9,8 % ga ko‘payganini ta'kidlash joizdir. Farg‘ona viloyati jahonning 74 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (30,3 %), Rossiyada (28,9 %), Qozog‘istonda (10,8 %), Turkiyada (6,2 %) va Qirg‘iz Respublikasida (4,8 %) qayd etilgan.