08/08/2025

Joriy yilning 8-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati”da qatnashib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinayotgan materiallar bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatlari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari tug‘risida”gi PF -95 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil 25-iyuldagi 75-sonli buyrug‘i muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tizimi xodimlari faoliyatini asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash va rag‘batlantirish tartibining mazmun va mohiyati keng va atroflicha tushuntirildi.