09/09/2025

     Rishton tumani Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatovga berdi  va  xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-sentyabr kungi  “Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-153-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-sentabr kunidagi “Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-268-sonli qarorining mazmun-mohiyatini va ahamiyati haqida ma’ruza qildi.  U o‘z so‘zida, 2026–2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2026- yil 1- yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinganligi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi, bundan tashqari, 2026- yil 1- yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinganligi, bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutilganligi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-sentabr kuni “Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-268-sonli qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyat (jamiyat) ishtirokchisi tarkibiga kirish yoki undan chiqarish faktining kuchga kirish mexanizmi soddalashtirilishi, jamiyat ishtirokchilari tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish amalda tegishli harakat hamda hodisa sodir etilgan paytdan boshlab yuzaga kelgan hisoblanishi, jumladan, ishtirokchilar tarkibidan majburiy chiqarish yoki unga majburiy kiritish, shu jumladan, jamiyatdagi ulush ishtirokchi va uchinchi shaxs o‘rtasida umumiy mulk deb topilgan va uning tegishli qismiga mulk huquqi belgilangan holatlarda – sud qarori qonuniy kuchga kirganligi shu va ma’lumotlarga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.