24/09/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limiga oliy ma’lumotli nomzodlarni (muddatli shartnoma asosida) ishga taklif qiladi.

👇Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- oliy ma’lumotga ega bo‘lish (iqtisodiyot, statistika, demografiya, sotsiologiya, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari ustuvor hisoblanadi);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi;
- ro‘yxatga olish jarayonlari bo‘yicha milliy me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar bilan ishlay olishi;
- so‘rovnoma va hisobot shakllari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash va aholi bilan muloqot qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- kompyuter dasturlari (Word, Excel) va asosiy axborot tizimlaridan foydalana olishi;
- o‘zbek tilini mukammal bilishi shart va rus tilini kundalik ish jarayonida foydalana olishi kerak.

👉Batafsil https://farstat.uz/uz/haqida/bo-sh-ish-o-rinlari.html