#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Joriy yilning 19- sentabr kuni Mahallalar uyushmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabr kungi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-277-son va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentyabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruzada, “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi negizida Respublika “Kelajak” markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlari, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari tashkil etish, “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etish shu va boshqa ma’lumotlar haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta ustuvor loyihani ishga tushirish, elektron davlat xizmatlari ulushini 70 foizga yetkazish tizimni 2025–2026 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligi, 2025-yil 1-noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali YaIDXP (Yagona portal)dagi pulli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratilganligi, 2025-yil 1-dekabrdan nodavlat notijorat tashkilotlariga “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali belgilangan tartibda elektron idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat berish, 2026-yil 1-yanvardan fuqarolarning ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi ma’lumotlarini yuritish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshirilishi haqida shu va boshqa ma’lumotlarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.





